Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi – 2025” (Global money week) doirasida o‘quvchilar uchun mahorat darslari o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Umumjahon pul haftaligi – 2025” (Global money week) doirasida o‘quvchilar uchun mahorat darslari o‘tkazildi
9 Apr 2025

 Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mamlakatimizda “Moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv dasturi doirasida “Umumjahon pul haftaligi 2025” (Global money week 2025) tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol qatnashib, yoshlarning moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.photo_2025-04-09_16-33-43 Xususan, Jizzax shahridagi 4- va 21-sonli umumta’lim maktablari va Farg‘ona shahridagi 40-sonli IDUM, Namangan shahridagi 52-sonli umumtal’im maktablari o‘quvchilar uchun mahorat darslari hamda “Trastbank”ka ekskursiya tashkil etildi.photo_2025-04-09_16-33-45 O‘quvchilarga bugungi raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda moliyaviy savodxonlikning ahamiyati haqida tushunchalar berilib, moliyaviy rejalashtirish, pul mablag‘larini jamg‘arib borish, pul-kredit siyosati, moliyaviy yostiqcha yuzasidan taqdimotlar qilindi. Qolaversa, banklar tomonidan taqdim etilayotgan oflayn va onlayn xizmatlar, kredit mahsulotlari, raqamli iqtisodiyot to‘g‘risida so‘z yuritildi. O‘quvchilar moliya muassasasida xodimlarning ish jarayoni bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.photo_2025-04-09_16-33-48 Shuningdek, darslarda faol ishtirok etgan o‘g‘il-qizlarga “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari topshirildi.photo_2025-04-09_16-55-52

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 147
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech