“Umumjahon pul haftaligi – 2025” (Global money week) doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida qator uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir O‘zbekiston tasviriy san’at galeleriyasida bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi “Lider”, “Evrika bilimdon” nodavlat ta’lim muassasalarining 5-11-sinf o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi. Yoshlarga pul mablag‘larini jamg‘arib borish, raqamli iqtisodiyot va mobil ilovalardan foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘g‘il-qizlar O‘zbekiston tasviriy san’at galeleriyasi numizmatika bo‘limida mavjud kolleksiyalarni ko‘zdan kechirib, iqtisodiyot tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
177