“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Umumjahon pul haftaligi – 2024” (Global money week – 2024) doirasida Jizzax viloyati Zomin tumani 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbir bo‘lib o‘tdi.Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan ushbu tadbirda tumandagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari qamrab olindi. Ularga moliyaviy xavfsizlik borasida ma’lumotnomalar taqdim etilib, bank kartalaridan foydalanishda raqamli va moliyaviy savodxonlikning ahamiyati, kiberhujumlarning oldini olish usullari haqida amaliy mashg‘ulotlar orqali tushunchalar berildi.Qolaversa, bankdagi omonat turlari, aloqasiz to‘lov (NFC) yuzasidan ham o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning savollariga atroflicha javob berildi ularga “Trastbank” XABning esdalik sovg‘alari topshirildi.
#trastbankuz #trustbankuz #trustbank30yil #finlituzb #globalmoneyweek #umumjahonpulhaftaligi