Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

TUG‘ILGAN KUN MUBORAK!

Yangilangan sana: ...
TUG‘ILGAN KUN MUBORAK!
20 Iyun 2018

Hurmatli aksiyadorlar, hamkasblar va bankimiz mijozlari!

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bugun o‘zining 24 yillik yubileyini nishonlamoqda. Bu oddiy sana emas, balki 24 yillik hamkorlik natijasidir. Ushbu davr mobaynida Bankimiz mukammal ishbilarmonlik muhiti yaratgan holda obro‘-e’tibor qozondi. Uzoq yillar mobaynida juda ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Hamkasblar hurmatiga sazovor bo‘ldi va mijozlar ishonchini qozondi. Shuningdek, bankimiz iftixor bilan vaqt sinovidan o‘tib, o‘z hamkorlari uchun muvaffaqiyat, ishonchlilik va barqarorlik kafolati bo‘ldi. Bu o‘zaro uyg‘unlashgan jamoaning ulkan xizmatlari va hamkorlarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak ishonchning natijasidir.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha aksiyadorlarimizni, biznes hamkorlarimizni, mijozlarimizni, hamkasblarimizni va Bank jamoasini muborakbod etaman hamda bizga bo‘lgan ishonchingiz va doimiy hamkorligingiz uchun Siz aziz mijozlarimizga minnatdorchilik bildiraman.

BAYRAM MUBORAK “TRASTBANK”!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, ishlaringizda omad va moddiy farovonlik tilayman.

Hurmat bilan, “Trastbank” XAB 
Boshqaruvi Raisi S.R.Normuxamedov

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2340
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech