Mijozlarimiz uchun ko‘plab qulaylik va imtiyozlarga ega bo‘lgan bank kartalarini joriy etib kelmoqdamiz. “VISA Infinite”, “VISA Classic” va “VISA Business” xalqaro to‘lov kartalari shular jumlasidandir.
Joriy yilda bankimiz Siz, qadrli mijozlarimiz uchun manfaatli bo‘lgan o‘z xizmat va mahsulotlarini taqdim etib, qator hamkorlarning ham e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Xususan, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, “VISA International Uzbekistan” tomonidan ikkita nominatsiya bilan taqdirlandi. Jumladan,
“VISA Infinite” premium kartasi emissiyasi uchun – “VISA Infinite Card Launch” nominatsiyasi;
“Trastbank”ning “Raqamli” bank xizmatlari ofisida “VISA Direct” xizmati joriy qilingani uchun – “VISA Direct Launch” nominatsiyasi.
Kuni kecha “VISA International”ning katta vitse-prezidenti va mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh tomonidan ushbu sovrinlar “Trastbank” jamoasiga topshirildi.
O‘z navbatida, yanada qulay va innovatsion bank xizmatlarini ko‘rsatishda hamda Siz, aziz mijozlar ishonchini oqlashda davom etamiz!
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
181