Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: 8 Iyun 2022, 09:16
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi
3 Iyun 2022

2022-yil 3-iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyati Islom taraqqiyot banki guruhining 47-yillik yig‘ilishida ishtiroki doirasida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan o‘zaro anglashuv Memorandumini imzoladi.

Picsart_22-06-03_22-30-01-322.jpg

Mazkur hujjat hamkorlikni mustahkamlash va islom moliya vositalarini qo‘llash sohasida qo‘shma ishlarni yanada kengaytirish maqsadlariga qaratilgan.

Picsart_22_06_03_21_28_31_901.jpg

Bundan tashqari, imzolash yakunlari boʻyicha Prezident janob Ayman Amin Sejini boshchiligidagi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi vakillari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar o‘tkazildi. Unda birgalikda olib borilgan ishlar natijalari, bozordagi mavjud holat va ikki tuzilma o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Picsart_22-06-03_21-30-49-358.jpg

Ta’kidlash joizki, “Trastbank” XAB va XSRIK o‘rtasidagi hamkorlik 2018-yilda boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar jalb qilingan liniyalarning umumiy hajmi 17 million AQSH dollarini tashkil etadi. 

Picsart_22-06-03_21-29-47-009.png

Hozirda 20 million AQSH dollarigacha boʻlgan yangi moliyalashtirish liniyasini ajratish imkoniyatlari ustida ish olib borilmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 589
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech