Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
17 Apr 2025

2025-yil 17-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan ushbu Kompaniya bugungi kunga qadar qayta moliyalashtirish uchun 4,5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratdi hamda 590 mlrd so‘m miqdorida obligatsiyalar chiqardi.photo_2025-04-17_11-47- Mazkur hamkorlik Memorandumi “Trastbank” XABda ipoteka kreditlari sonini ko‘paytirish va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, aholining arzon uy-joylarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun bozor tamoyillari asosida moliyaviy resurslarni jalb qilish, jalb qilingan resurslar hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun kredit ajratish imkoniyatini yanada kengaytiradi.photo_2025-04-17_11-47- Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, bugungi kunda “Trastbank”da O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan birlamchi bozordan xonadon sotib olish uchun 240 oygacha muddatda, yillik 17,5 % da ipoteka krediti ajratish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 120 oygacha muddatda, yillik 27 % da ipoteka krediti ajratiladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 164
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech