Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
Tashkiliy savollar:
- Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
Yig‘ilish boshlanish vaqti: 2025-yil 21-fevral kuni soat 15:00.
Yig‘ilishkun tartibi:
- E’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini aniqlash;
- Bank Ustaviga o‘zgartirish kiritish;
- O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risida;
- Umumiy maqsadlarga zaxira fondini shakllantirish to‘g‘risida.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 21-fevral kuni Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzili bo‘yicha “Trastbank” XAB binosining 5-qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish 2025-yil 21-fevral kuni soat 14:00da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana – 2025-yil 29-yanvar.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida
2025-yil 17-fevral holatiga shakllantiriladigan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin:
Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy.
Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin:
+99878 140-00-88, +99871 207-62-12.
E-mail: info@trustbank.uz
Bank Kuzatuv Kengashi