Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlariga!!!

Yangilangan sana: 25 Sentabr 2020, 14:28
25 Sen 2020

X A B A R N O M A

Bank kapitalini ko‘paytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi 5992-sonli farmonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasi”ga asosan Bankning ustav kapitali miqdorini 2025 yilga qadar 500,0 mlrd.so‘mga yetkazish maqsadida, 2020 yil 12 avgustda Bank Kengashi tomonidan qo‘shimcha 25 chiqariluvdagi har birining nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan jami 135 000 000 000 (bir yuz o‘ttiz besh milliard) so‘mlik 135 000 000 (bir yuz o‘ttiz besh million) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qaror 2020 yil 23 sentabrda ROO22-25-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining (06.05.2014 yil, 370-sonli) 36 moddasi, shuningdek aksiyalar chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, bank aksiyadorlari qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni bank ustavida belgilangan tartibda o‘zlariga tegishli bo‘lgan ovoz beruvchi shu turdagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining (06.05.2014 yil, 370-sonli) 34 moddasiga asosan aksiyalar bozor narxida joylashtiriladi.

Qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli xuquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati, Bank aksiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sana, 2020 yil 12 avgust xolatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reestri ma’lumotlari asosida tuziladi.

Bank aksiyadori o‘zining imtiyozli huquqidan to‘liq yoki qisman foydalanishi mumkin, buning uchun aksiyadorning to‘liq ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), sotib olayotgan aksiyalar soni va aksiyalar uchun haq to‘langanligi ko‘rsatilgan xujjat ilova qilingan ariza “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi va xududiy filiallariga taqdim etilishi zarur. Ariza bankka 2020 yil 28 sentabrdan boshlab 2020 yil 27 oktabrga qadar, ya’ni 30 kun davomida taqdim etilishi shart.

Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha xujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida hamda aksiyalar chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risidagi qarorda belgilangan tartibda, arizalar kelib tushishi davomida rasmiylashtirilib boriladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 869
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech