Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlariga!

Yangilangan sana: 18 Sentabr 2023, 14:22
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlariga!
15 Sen 2023

    

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlariga!!!

B I L D I R I Sh N O M A

Bank ustav kapitalini ko‘paytirish maqsadida, 2023-yil 3-avgustda Bank kuzatuv kengashi tomonidan qo‘shimcha 27-chiqariluvdagi har birining nominal qiymati 1 000 so‘m bo‘lgan jami 440 000 000 000 so‘mlik 440 000 000 dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni chiqarish (qo‘shimcha) to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror 2023-yil 12-sentabrda ROO22-27-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olindi.

 O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining (06.05.2014 yil, 370-sonli) 36 moddasi, shuningdek, aksiyalar chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, bank aksiyadorlari qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni bank ustavida belgilangan tartibda o‘zlariga tegishli bo‘lgan ovoz beruvchi shu turdagi aksiyalar soniga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin. Imtiyozli sotib olish huquqining amal qilish muddati ushbu bildirishnoma eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran 14 (o‘n to‘rt) kunni tashkil etadi.

 Yuqorida ko‘rsatilgan qonunning 34 moddasiga asosan qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar aksiyadorlarga bozor narxida joylashtiriladi.

 Qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarni sotib olish uchun imtiyozli xuquqqa ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxati, Bank aksiyalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sana, 2023-yil 3-avgust holatiga shakllantirilgan Bank aksiyadorlari reyestri maʼlumotlari asosida tuziladi.

 Bank aksiyadorlari olishga haqli bo‘lgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

 A / 560 250 000 = B

 440 000 000 * B = C

 Bunda:

 560 250 000 – Bank ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni;

 440 000 000 – qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalarning umumiy soni;

 A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi oddiy aksiyalari soni;

 V – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyadorlarga tegishli aksiyalar soni;

 C – imtiyozli xuquq qo‘llanilganda aksiyador tomonidan cotib olinadigan oddiy aksiyalar soni.

 Aniqlash davomida qoldiq hosil bo‘lgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq bo‘lsa, ko‘paygan tomonga, 5 (besh) dan kam bo‘lsa kamaygan tomonga butlanadi.

 Bank aksiyadori o‘zining aksiyalarini imtiyozli sotib olish huquqidan to‘liq yoki qisman foydalanishi mumkin, buning uchun aksiyadorning to‘liq ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), sotib olayotgan aksiyalar soni va aksiyalar uchun haq to‘langanligi ko‘rsatilgan xujjat ilova qilingan ariza “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga taqdim etilishi zarur.

 Aksiyadorlar aksiyalar uchun to‘lovlarni ularga to‘lanadigan dividendlar hisobidan ham amalga oshirish huquqiga egadirlar.

 Bank aksiyalarini sotib olish bo‘yicha hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida hamda aksiyalar chiqarilishi (qo‘shimcha) to‘g‘risidagi qarorda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 306
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech