Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank xodimlari ISO talablariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurash seminarida qatnashdi

Yangilangan sana: 18 Avgust 2021, 14:12
Trastbank xodimlari ISO talablariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurash seminarida qatnashdi
17 Avg 2021

Trastbank jamoasida kasbiy mahoratni oshirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga doim alohida urg‘u berilgan. Bu galgi o‘quv-seminar Komplayens-nazorat departamenti tomonidan tashkil etildi.

Trastbankda ISO 3700:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish sifat menejmenti tizimi joriy etilishi munosabati bilan xodimlarda mavzuga oid tasavvur hosil qilish, ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari “CERT ACADEMY GROUP” mutaxassislarni o‘qitish xususiy korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

1

Seminarni “CERT ACADEMY” kompaniyasi treneri, yurist-huquqshunos Luqmanov Said-Abrorbek Boxodirovich Trastbank xodimlariga ISO (International Organization for Standardization) – standartlashtirish xalqaro tashkiloti tarixi, pora va uning ko‘rinishlari, xalqaro va mahalliy qonunchilik, turli davlatlarda korrupsiyaga qanday huquqiy baho berilishi va jazo qo‘llanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

2

Seminar davomida ishtirokchilar ISO 37001 standarti:

  • Bankda korrupsion tavakkallarni aniqlash va ularni minimal darajaga tushirish;
  • Mijozlar bilan shaffof munosabat qurish;
    Korrupsiyani ogohlantiruvchi, fosh etuvchi mexanizmlarni joriy qilish;
  • TO‘G‘RI tanlov, o‘qitish va rag‘batlantirish tizimi orqali bankda korrupsiyaning har qanday turda namoyish bo‘lishiga xodimlar orasida murosasizlik muhitini yaratish kabi imkoniyatlarni berishi va boshqa bilimga ega bo‘ldi.

сайтга 3

O‘quv-seminar so‘nggida har bir qatnashchi sertifikat bilan taqdirlandi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1062
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech