Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xodimlari Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda ishtirok etdi

Yangilangan sana: 12 Dekabr 2024, 16:10
“Trastbank” xodimlari Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda ishtirok etdi
11 Dek 2024

 Kuni kecha Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida VIII Xalqaro bank forumi (IBF-2024) bo‘lib o‘tdi. “Penki Kontinentai” kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Pul muomalasi va kassa ishini tashkil etish departamenti xodimlari ham ishtirok etdi.
 “Ishonchli, xavfsiz va barqaror bank ishi” mavzusida o‘tkazilgan ushbu forum o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarni yanada boyitishga zamin yaratgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
 Forumda bank tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy standartlarga urg‘u berildi. Xususan, “Cash Management IQ” tizimidan foydalangan holda xodimlar ish faoliyatini tahlil qilish hamda naqd pullarni samarali boshqarish uchun yaratilgan platformaning imkoniyatlari haqida ma’ruzalar qilindi.photo_2024-12-11_12-08- Shuningdek, anjuman ishtirokchilari Ozarbayjon Respublikasining yirik banklaridan biri “Kapital Bank” OAJning kassa markaziga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan tanishishdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 181
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech