Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xalqaro pul o‘tkazmalari uchun SWIFT GPI standartini joriy qildi

Yangilangan sana: 30 Noyabr 2022, 10:35
“Trastbank” xalqaro pul o‘tkazmalari uchun SWIFT GPI standartini joriy qildi
8 Noy 2022

 “Trastbank” XAB SWIFT tizimi orqali amalga oshiriladigan barcha xalqaro to‘lovlar uchun SWIFT GPI (Global Payment Innovation) standartini joriy etganini ma’lum qilamiz. Mazkur yangi standart har bir to‘lovni real vaqt rejimida kuzatish, o‘tkazmalardagi xatolarni minimallashtirish imkonini beradi.

SWIFT GPI standartining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Real vaqt rejimida xalqaro pul o‘tkazmalarini kuzatib borish;
  • Barcha toʻlovlarni shaffof koʻrsatish va ularni istalgan vaqtda tekshirish;
  • “Stop&Recall” funksiyasi yordamida istalgan bosqichda soxta yoki dublikat toʻlovlarni toʻxtatish;
  • To‘lovga kengaytirilgan qo‘shimcha ma’lumotlarni yuborish;
  • Korrespondent banklar va standartda ishtirok etuvchi banklar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yaxshilanadi.

 SWIFT GPI (Global Payment Innovation) mijozlarimizga inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklar, shu jumladan, banklararo tizim orqali to‘lovlar ularning tashqi kontragentlariga qanday o‘tishini kuzatish imkonini beradi.

 Ma’lumot o‘rnida, SWIFT GPI (Global Payment Innovation) 2017-yilda SWIFT to‘lov tizimi tomonidan kiritilgan yangi xalqaro to‘lov standarti hisoblanadi.  

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 585
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech