Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“Trastbank” XAB va «AKA AUSFUHRKREDIT-GESELLSCHAFT mbH» (Germaniya) o‘rtasida asosiy kredit kelishuvi imzolandi

Yangilangan sana: 24 Yanvar 2023, 18:14
“Trastbank” XAB va «AKA AUSFUHRKREDIT-GESELLSCHAFT mbH» (Germaniya) o‘rtasida asosiy kredit kelishuvi imzolandi
24 Yan 2023

 “Trastbank” XAB yetakchi xorijiy moliya institutlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirmoqda.

 2023 yil 24 yanvar kuni Germaniyaning Frankfurt Mayn shahrida “Trastbank” XAB va «AKA AUSFUHRKREDIT-GESELLSCHAFT mbH» o‘rtasida asosiy kredit kelishuvi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida «AKA AUSFUHRKREDIT-GESELLSCHAFT mbH» “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga Yevropaning yetakchi eksport kredit agentligi (YECA) Euler Hermes sug‘urta qoplamasi ostida investitsiya loyihalarini, shu jumladan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyasini taqdim etadi.

Foto 1 .jpg

 Germaniyaning AKA banki ishtirokida moliyalashtirish bank mijozlariga asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, ularga yuqori texnologiyali uskunalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu tayyor mahsulotlar sifatini yaxshilash, ularning assortimentini kengaytirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi bozorlarni topishga yordam beradi.

 «AKA AUSFUHRKREDIT-GESELLSCHAFT mbH» nemis banklari konsortsiumi bo‘lib, 1952 yilda o‘z aksiyadorlariga eksportni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda uning aksiyadorlari Germaniyaning 19 ta yetakchi moliyaviy institutlari hisoblanadi. AKA Bank - bu Yevropa Ittifoqining aksariyat milliy eksport kredit agentliklarining sug‘urta qoplamasi ostida tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlovchi bank kredit tashkiloti.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 107

Boshqa yangiliklar:

6 Fevral 2023
6 Fevral 2023
6 Fevral 2023
3 Fevral 2023
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech