Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“Trastbank” XAB Germaniyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Commerzbank AGda Xitoy yuanida (CNY) vakillik hisob raqamini ochdi

Yangilangan sana: 15 Avgust 2022, 17:42
“Trastbank” XAB Germaniyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Commerzbank AGda Xitoy yuanida (CNY) vakillik hisob raqamini ochdi
15 Avg 2022

 “Trastbank” XAB xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishda davom etmoqda. Mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatlarini olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida Bank tomonidan Germaniyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan – Commerzbank AGda Xitoy yuanida vakillik hisob raqami ochganini ma’lum qiladi. Bu esa Bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish hamda xalqaro hamkorligining yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda “Trastbank” XAB Commerzbank AG (Frankfurt-na-Mayn, Germaniya), Raiffeisen Bank International AG (Vena, Avstriya), Yinzhou Bank (Ningbo, Xitoy) va boshqa xorijiy banklar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. “Trastbank” XABning professional moliya instituti va mijozlarining ishonchli hamkori sifatida o‘rnatilgan mustahkam obro‘si, shubhasiz, jahonning eng yirik banklari bilan vakillik aloqalari tarmog‘ining yanada kengayishiga xizmat qilmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 218
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech