“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ziyovuddin Kurganov tomonidan “Termiz” bank xizmatlari ofisida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. Qolaversa, mijozlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi.
O‘z navbatida, qabulga tashrif buyurgan mijozlar Bank xodimlarining tez va sifatli xizmat ko‘rsatishini alohida e’tirof etib, minnatdorlik bildirishdi.