Bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyatiga ISO 9001:2015 xizmat ko‘rsatish sifati sertifikati, qolaversa, 2021-yil uchun milliy shkala bo‘yicha “uzA+” darajasidagi individual “ijobiy” prognozi bilan kredit reytingi berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
“Russkiy Register” sertifikatlashtirish assotsiatsiyasi moliya musassasidagi sifatni boshqarish tizimining samarali ishlashi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, tegishli xulolasalarni taqdim etdi. Natija esa ijobiy. “Trastbank” ISO 9001:2015 sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Yana bir quvonarli natija. “Axborot-reyting” agentligi kredit reytingini 2021-yil uchun reyting bahosini monitoring qilish natijalariga ko‘ra “ijobiy” prognozi bilan “uzA+” darajasiga yangiladi. Ushbu ko‘rsatkich Bankning kreditga layoqatlilik darajasining yuqoriligini ko‘rsatib, uning faoliyatida kredit xavfi juda past darajada ekanligini bildiradi.
Qayd etish joizki, mazkur sertifikat va guvohnoma Bankning kuchli bozordagi o‘rni va ijobiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini aks ettiradi. O‘z navbatida, bu menejment tizimini takomillashtirish va banklarning kredit layoqatliligini oshirish bo‘yicha uzluksiz ishlar olib borilayotganini tasdiqlaydi.
Eng muhimi, mijozlar tomonidan Bankka bo‘lgan ishonchni yanada kuchaytirishga imkon beradi. Zero, “Trastbank” – ishonch bilan yuzma-yuz!