Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”ning islomiy moliyalashtirish xizmati tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga yordam bermoqda

Yangilangan sana: ...
“Trastbank”ning islomiy moliyalashtirish xizmati tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga yordam bermoqda
5 Dek 2022

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mijozlar uchun yangi bank xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

  Bankning Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi hamda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganligi shular jumlasidandir.

  Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi bilan hamkorlik yanada kengaymoqda

  “Trastbank”ning Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi bilan hamkorligi 2018-yilda boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar jalb qilingan liniyalarning umumiy hajmi 17 million AQSH dollarini tashkil etadi.

  2019-yil iyun oyida “Trastbank” va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida Bank tuzilmasiga keng ko‘lamli islom banki xizmatlarini joriy etish maqsadida “Trastbank” XABning Moliyaviy xizmatlar markazi ochildi. U amaldagi qonunchilik doirasida shariat qoidalariga muvofiq faoliyat yuritadi. Korporatsiyaning tavsiyasiga ko‘ra, “Trastbank” tomonidan islom bank ishi uchun maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatildi.

  O‘z navbatida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbariyati o‘rtasida bir necha marotaba muzokaralar o‘tkazildi. Ularda mazkur samarali o‘zaro aloqalar yuqori baholanib, istiqbolda bu hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida ahamiyat qaratildi va kelishuvlarga erishildi.

4.jpg

  Ish faoliyatini 2013-yilda boshlagan “Artikul Asia Kabel” korxonasiga “Trastbank” tomonidan ushbu loyiha asosida 2,5 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.

2.jpg

  – Bugungi kunda muassasamiz O‘zbekistondagi kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik korxonalardan sanaladi, – dedi “Artikul Asia Kabel” korxonasi korporativ bo‘lim boshlig‘i Xalilulloh Abdulhamid. – Ikki mingga yaqin turdagi ishlab chiqarilgan kabellarni MDH davlatlari, Gruziya, Turkiya, Belarus, Germaniya kabi mamlakatlarga eksport qilib kelmoqdamiz. “Trastbank”dan islomiy moliyalashtirish xizmati orqali 2,5 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilishi natijasida ish faoliyatimiz yanada kengayadi. Ya’ni ishlab chiqarish hajmi ikki barobarga oshib, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati tug‘ildi.

1.jpg

  Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, joriy yil yakuniga qadar “Trastbank” va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida 20 million AQSH dollari miqdorida kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.

3.jpg

  Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 27 mln AQSH dollari miqdorida uchta moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risida bitimlar imzolangan

5.jpg

  Yana bir jihat. “Trastbank” XAB tashqi savdoni moliyalashtirish maqsadida 2019-yilda Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

10.jpg

  Bugungi kungacha savdoni moliyalashtirish maqsadida mazkur Korporatsiya bilan jami 27 million AQSh dollari miqdorida uchta moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Unga ko‘ra, taqdim etiladigan loyihalar shariat qonunlariga muvofiq bo‘lishi kerak.

6.jpg

  – “Bestune Hongqi” avtosaloni eng zamonaviy krossover va avtomobillarni xorijdan import qilgan holda xalqimizga yetkazib bermoqda, – dedi “Bestune Hongqi” avtosaloni savdo menedjeri Mardon Toliboyev. – Avtosalonda bugun 20 turdan ortiq elektromobillar mavjud. “Trastbank” tomonidan ajratilgan mablag‘lar asosida avtosalon faoliyati yanda rivojlantirildi hamda mijozlar ehtiyoji va qiziqishidan kelib chiqqan holda yangi rusumdagi avtomashinalar olib kelindi.

8.jpg

  Muxtasar qilib aytganda, bu kabi sa’y-harakatlar mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes bo‘yicha istiqbolli loyihalarning islom tamoyillari asosida moliyalashtirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qiladi.

12.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 456
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech