O‘zbekiston banklari Assosiatsiyasi va «UzCard» tomonidan tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol musobaqalari borgan sari qizg'in tus olmoqda. Bugun, 5-oktabr kuni yashil maydonlarda play-off bosqichiga yetib olgan jamoalarning o'zaro bellashuvlari davom etdi. Ushbu bahslarda “Trastbank” jamoasi vakillari o'z mahoratlari va epchilliklari bilan “Mirokredit bank” jamoasini 1:0 hisobida mag’lub eta oldi.
Bugun chiroyli g'alaba bilan jamoamizni chorak final sari yo'l olganligi bilan tabriklagan holda, ularga keyingi o’yinlarda omad va zafarlar tilab qolamiz!