Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” Farg‘ona filiali tomonidan Furqat tumanidagi umumtaʼlim maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Yangilangan sana: 9 Noyabr 2022, 16:24
“Trastbank” Farg‘ona filiali tomonidan Furqat tumanidagi umumtaʼlim maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi
9 Noy 2022

    Maʼlumki, 31-oktabr – Butun jahon jamg‘arish  kuni (Word savings day) sifatida keng nishonlanib kelinadi. Aynan ushbu sana munosabati bilan aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

   “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Farg‘ona filiali tomonidan joriy yilning 4-noyabr kuni Furqat tumanining 25-26-27-28-29-30-sonli umumtaʼlim maktablari o‘rtasida “Moliyaviy savodxonlik” tanlovi o‘tkazildi. Unda “Trastbank” XAB Farg‘ona filiali mutasaddilari, Furqat tumani Xalq taʼlimi bo‘limi masʼullari, umumtaʼlim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

3+1.jpg

    Tadbirda o‘quvchilar o‘z sahna ko‘rinishlarida pul malbag‘larini jamg‘arib borish, bank omonatlaridan foydalanish kabi mavzularni aks ettirishdi. 

    Bank tomonidan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga qimmatbaho sovg‘alar berildi.

    Shuningdek, har bir umumtaʼlim maktablariga pedagog xodimlar va o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini yanada oshirish maqsadida elektron kutubxona tizimi o‘rnatib berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 458
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech