Jamiyatning buguni va kelajagi bo‘lgan yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng insonlar etib tarbiyalayotgan o‘qituvchi-murabbiylarni qancha e'zozlasak, qancha ulug‘lasak, o‘zligimizni, millatimiz kelajagini shuncha ulug‘lagan bo‘lamiz. Bugungi olib borilayotgan barcha islohotlarni amalga oshirishda albatta ustozlarning o‘rni ham kattadir. Bugun, 26-sentabr kuni “Toshkent” bank xizmatlari ofisida “Ustozlari ulug‘langan yangi O‘zbekiston” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori professor Jamila Shermuxamedova tomonidan har bir kishining, ayniqsa, yosh avlodning komil inson bo‘lib voyaga yetishida ustozlarning o‘rni va ta’lim-tarbiyaning ahamiyati yuzasidan ma’ruza qilindi.– Tarixga nazar solsak, "ustoz" degan sharafli nom doimo e'zozda bo'lganligiga, ularning xizmatlari va mehnatlarining samarasi hali hanuz o'z natijasini berib kelayotganligiga guvoh bo'lamiz,– dedi Jamila Shermuxamedova,– Har sohaning o'z murabbiylari bor. Bugungi taraqqiyot, ilm-fandagi yutuqlar, turli sohalardagi yuksalishlarning barchasida ustozlarimizning hissasi beqiyos, xizmati ulug‘. Shu sababdan ham biz barchamiz ustozlarimiz oldida hamisha ta'zimdamiz. Shuningdek, tadbirda bank-moliya sohasida uzoq yillat faoliyat yuritib kelayotgan ustoz-xodimlar alohida e'tirof etilib, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
114