Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da TDIU talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank”da TDIU talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi
4 Iyun 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan bo‘lib, bank xodimlari ishtirokida professor-o‘qituvchi va talabalar uchun dolzarb mavzularga bag‘ishlangan mahorat darslari, o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinadi. O‘z navbatida, talabalar moliya muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, stajirovka o‘tash va nazariyotda olgan bilimlarini bevosita bank xodimlaridan amaliy tajribada ko‘rish imkoniga egadirlar.photo_2025-06-04_18-00-37 Yaqinda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Moliya” fakulteti bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Trastbank” XAB mutasaddilari, TDIU professor o‘qituvchilari ishtirok etdi. Talabalar belgilangan tartibda bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
 Komissiya aʼzolari bitiruvchi talabalarga ko‘rsatma va xulosalarini bildirib, istiqbolda o‘zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishlarini tiladi.photo_2025-06-04_18-00-43

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 115
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech