Bugun, 23 – iyul sanasida Trastbank xususiy aksiyadorlik bankining “Toshkent” Bank xizmatlari ofisida mikroloyihalar uchun navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.Tadbirda o‘z biznesini yanada rivojlantirish, bu borada bank mutaxassislaridan zarur maslahat va muhim konsultatsiya olish istagida bo‘lgan tadbirkorlar hamda o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit rasmiylashtirish istagida bo‘lgan fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Tashrif buyuruvchilar mikroloyihalarni mukammal amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob olishdi.
Shuningdek, yarmarkada mikroloyihalar uchun maxsus takliflar, individual yechimlar, imtiyozli bank mahsulotlari, qulay shartlardagi kreditlar va ularning ajratilishi bo‘yicha ham to‘liq tushuntirishlar berildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
419