So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan barcha fuqarolarga vijdon erkinligi va oʻz eʼtiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilib, mazkur yoʻnalishlarda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.Xususan, kuni kecha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Bank xodimlari uchun “Diniy bag‘rikenglik va hamjihatlik – tinchlikning garovi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh bank mutasaddilari va mutaxassislari hamda videokonferensaloqa orqali hududlardagi Bank xizmatlari ofislari xodimlari ishtirok etdi.
Ushbu ma’naviy tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shuhrat Toxtiyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ta’minlanayotgani, inson qadr-qimmati ulug‘lanayotgani yuzasidan ma’ruza qilindi.Bundan tashqari, bugungi axborot almashinuvi davrida turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, har bir insonda daxldorlik hissi bo‘lishi muhimligi hamda atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga bee’tibor bo‘lmasligimiz zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mutaxassis tomonidan tadbir ishtirokchilarining barcha savollariga atroflicha javob qaytarildi.