Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da “Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank”da “Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi
22 Okt 2024

 Ma’lumki, 31-oktabr – “Butunjahon jamg‘arish kuni” (World Savings Day) deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mazkur sana doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham faol ishtirok etmoqda. e2 Bugun, 22-oktabr kuni bank-moliya yo‘nalishida o‘z bilimlarini boyitish maqsadida “Trastbank”ka tashrif buyurgan “Evrika Bilimdon” nodavlat ta’lim muassasasi xususiy maktabi o‘quvchilari uchun ochiq dars va ekskursiya o‘tkazildi.e3 Ochiq darsda o‘quvchilar budjetni rejalashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar olish, jamg‘armalarning ahamiyati va investitsiya imkoniyatlari  haqidagi bilimlarini boyitish, raqamli moliyaviy savodxonlik, raqamli bank hamda omonatlar haqida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.e4 Bundan tashqari, Amaliyot boshqarmasi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib, moliya muassasasi faoliyati haqida so‘zlab berildi.e5
e6 Amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazilgan ushbu ochiq darsda faol qatnashgan o‘quvchi-yoshlarga “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari topshirildi.e7 Biz moliyaviy mustaqillik va muvaffaqiyatli kelajakka tayyor bo‘lgan yosh avlodni ko‘rishdan va ularning moliyaviy bilimlarini mustahkamlashga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz!e8

#Trastbank  #MoliyaviySavodxonlik #WorldSavingsDay #Globalmoneyweek 



Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 120
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech