Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 52-sonli maktabga sport anjomlari va jihozlarini hadya qildi

Yangilangan sana: 2 Dekabr 2022, 12:44
“Trastbank” alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 52-sonli maktabga sport anjomlari va jihozlarini hadya qildi
2 Dek 2022

  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 3-dekabr butun dunyoda Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Zotan, imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning teng huquqliligini taʼminlash, qadr-qimmatini himoya qilish har birimizning vazifamizdir.

2.jpg

  Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ham bir qator xayriya tadbirlari amalga oshirilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, “Trastbank” tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktabga maxsus sport inventarlari, trenajyor uskunalari hadya qilindi.

4.jpg

 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Yashnobod tumani 52-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

6.jpg

 Tadbirda “Trastbank” XAB mutasaddilari ham ishtirok etib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish to‘g‘risida so‘z yuritdi. Qolaversa, moliya muassasasi tomonidan taqdim qilingan sport jihozlari bolajonlarning chiniqishi va sog‘lom bo‘lib voyaga yetishishida xizmat qilishini ta’kidladi.

3.jpg

Qayd etish joizki, Toshkent shahar Yashnobod tumani alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 52-sonli maktabda 200 nafarga yaqin o‘quvchilar ta’lim-tarbiya oladi. E’tiroflisi, ushbu muassasadagi o‘g‘il-qizlar fan olimpiadalari va xalqaro sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 663
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech