Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilning to‘rtinchi choragida O‘zbekistondagi bank faoliyatining umumiy sharhini taqdim etdi. Indeks moliyaviy vositachilik, moliyaviy inklyuzivlik, kapitalning yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, rentabellik va likvidlik kabi turli ko‘rsatkichlar asosida hisoblab chiqilgan. Banklar ikki toifaga, ya’ni katta va kichikka bo‘lingan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning IV choragida “Trastbank” XAB mamlakatimizdagi 17 ta yirik bank orasida eng yuqori faollikni koʻrsatib, reytingda ikkinchi oʻrinni egalladi. Xususan, Bank oʻz faoliyatini birdaniga toʻrtta indeks boʻyicha, shu jumladan, moliyaviy vositachilik va qulaylik, boshqaruv sifati va likvidlik bo‘yicha yaxshilagan.
Albatta, “Trastbank” ushbu yuqori ko‘rsatkichni qayd etgani salkam 30 yil mobaynida mijozlar ishonchini qozonib kelayotganligidan darakdir.