Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Tijorat banklari uchun Swift ISO 20022 bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Yangilangan sana: 23 Yanvar 2024, 15:04
Tijorat banklari uchun Swift ISO 20022 bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi
22 Yan 2024

  2024-yil 16-18-yanvar kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bosh ofisida mamlakatimizdagi 18 ta tijorat banki mutaxassislari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xodimlari hamda “FIDO Business” kompaniyasi vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

  Xalqaro moliyaviy texnologiyalar va xizmatlarga ixtisoslashgan SWIFT kompaniyasi (Belgiya) hamda O‘zbekistonning Swift hamjamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminarda ISO 20022 yuzasidan tushunchalar berildi. Amaliy mashg‘ulotlar, qizg‘in savol-javob tarzida o‘tkazilgan mazkur seminarda SWIFT kompaniyasi Moliyaviy xizmatlar bo‘yicha maslahatchisi Bazzani Karim bu boradagi xalqaro tajriba bo‘yicha ma’lumot berib, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.  

1.jpg

  Ta’kidlash joizki, ISO 20022 xalqaro standart bo‘lib, moliyaviy operatsiyalarda foydalaniladigan elektron ma’lumotlarning formati va mazmunini belgilaydi. Bu esa banklar hamda boshqa moliya institutlari o‘rtasida ma’lumotlarni yanada samarali va xavfsiz uzatish imkonini beradi. Qolaversa, SWIFT dunyodagi eng yirik axborot uzatish tarmog‘i bo‘lgan noyob tizimi orqali moliyaviy xabarlarni (shu jumladan, pul o‘tkazmalarini) tezkor, xavfsiz va mutlaqo ishonchli uzatishni ta’minlovchi moliyaviy telekommunikatsiya sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. O‘z ishtirokchilarini tarmoqda ishlash uchun maxsus dastur bilan ta’minlaydi.

3.jpg

  Uch kun davom etgan seminarda ISO 20022 ning barcha amaliy va texnik jihatlari, bu boradagi standartlarni amaliyotga qo‘llash tartibi amaliy mashg‘ulotlar orqali atroflicha ma’lumot berildi.

  Shu o‘rinda, ushbu trening tijorat banklarida mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xodimlarning moliyaviy operatsiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmasini yanada oshirish maqsadlariga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

4.jpg

  Seminarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

seminar .jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 586
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech