“Trastbank” XABning “Termiz” bank xizmatlari ofisi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etib, bir necha tup ko‘chatlar ekishdi. Mazkur tashabbus atrof-muhit ekologiyasini yaxshilash va aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida bank xodimlari birgalikda ochiq havoda turli manzarali va mevali daraxtlar ekish hamda ularni parvarish qilish, shuningdek, atrofni obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Bu nafaqat bankning ekologik mas’uliyatini mustahkamlaydi, balki tabiatni muhofaza qilish borasida shaxsiy javobgarlikni ham oshiradi. Ta’kidlash joizki, ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom ekotizimni yaratish uchun bu kabi tadbirlar muhimdir. Shu jihatdan, bunday sa’y-harakatlar izchil davom ettiriladi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
91