Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

TDTU talabalari uchun korporativ boshqaruv bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Yangilangan sana: 22 Noyabr 2024, 09:06
TDTU talabalari uchun korporativ boshqaruv bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
22 Noy 2024

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bu talabalar uchun professional rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning kasbiy malakasini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Moliya muassasasi mutaxassislari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari, seminar hamda turli amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.photo_2024-11-22_09-03-48 Moliya muassasasi Bosh ofisida Toshkent davlat texnika universiteti “Korporativ boshqaruv” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun “Korporativ boshqaruv asoslari” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darsi shular jumlasidandir. Unda “Trastbank” XAB Qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyayev tomonidan korporativ boshqaruv tamoyillari va usullari hamda ularning bank sektoridagi qo‘llanilish xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Bundan tashqari, investitsiya strategiyasi, xatarlarni boshqarish va qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘ziga xos jihatlariga urg‘u berildi.photo_2024-11-22_09-03-4 Ta’kidlash joizki, ushbu mahorat darsi istiqbolda korporativ boshqaruv sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 151
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech