Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Taraqqiyot yo‘lida ishonchli hamkor. “Trastbank”da Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 31 Avgust 2022, 16:07
Taraqqiyot yo‘lida ishonchli hamkor.  “Trastbank”da Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
31 Avg 2022

Mustaqillik – ulug‘ nemat. Tinchlik – taraqqiyot tomiri. Bugun O‘zbekiston barcha jabhalarda yuksak marralarga erishib, dunyo hamjamiyatida alohida o‘rin egallamoqda. Zero, istiqlol yillarida mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Bugun eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida tadbir o‘tkazildi.

2.jpg

Tadbirda Bank boshqaruvi Raisi S.Normuxamedov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, bank-moliya tizimida olib borilayotgan sa’y-harakatlar zamirida, avvalo, inson qadri mujassam ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, barcha yurtdoshlarimiz hamda moliya muassasasida faoliyat olib borayotgan xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

1.jpg

Ta’kidlash joizki, mustaqillikning dastlabki yillarida, xususan, 1994-yilda “Trastbank”ga tamal toshi qo‘yildi. Ushbu o‘tgan tarixiy davr mobaynida Bank tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida mustahkam poydevor va mukammal infratuzilma shakllandi. Xodimlarning ko‘p yillik va samarali mehnati yuksak natijalarga erishishga xizmat qildi. Eng muhimi, “Mijoz bank uchun emas, Bank – mijoz uchun” tamoyili asosida yurtdoshlarimizga barcha bank xizmatlari va mahsulotlari ko‘rsatilib, ularning ishonchi oqlab kelinmoqda.

4.jpg

Tadbirda Bank ravnaqi, yurt farovonligi yo‘lida uzoq yillar davomida hamda samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar Bank boshqaruvi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

5.jpg

Shu o‘rinda barcha yurtdoshlarimizni istiqlolimizning 31 yilligi bilan muborakbod etamiz!

3.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 215
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech