Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

TABRIKLAYMIZ!

Yangilangan sana: 29 May 2020, 16:10
TABRIKLAYMIZ!
29 May 2020

“Trastbank” jamoasi bugungi kun qahramonini tabriklaydi!

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining ko‘p sonli jamoasi Bank Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxodjayevni qutlug‘ 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!

Hurmatli Furqat Irkinovich!

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi Sizning professional faoliyatingizni yuksak qadrlaydi.

Butun jamoamiz Sizni halol, masʼuliyatli, o‘z ishiga sadoqat bilan yondashuvchi, qatʼiyatli va kreativ fikrlaydigan bankir-menejer sifatida yuqori baholaydi. Bank tizimidagi 26 yillik faoliyatingiz davomida bank-moliya sohasi rivojiga o‘z hissangizni qo‘shib, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankini O‘zbekistonning yetakchi xususiy banklari qatoridan o‘rin olishida va bank manfaatlarini himoya qilishda faol ishtirok etib kelyapsiz. Sizning yuqori professional mahoratingiz jamoamizda o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash, samimiy va optimistik ruhni uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu sana yetuklik, yillar davomida orttirilgan tajriba, o‘z yutuqlari bilan g‘ururlanish sanasidir. Sizning mehnatingiz xodimlar va hamkasblar tomonidan yuqori baholanadi. Trastbankdagi 16-yillik faoliyatingiz, Sizning o‘zingizga bo‘lgan yuqori talab va o‘z kasbingizga bo‘lgan sodiqligingiz belgisidir.

Bankimiz rivojiga qo‘shgan ko‘p yillik samimiy mehnatingiz uchun chin ko‘ngildan minnatdorchiligimizni qabul qiling. Sizning inson va bankir sifatidagi fazilatlaringiz, ishga bo‘lgan munosabatingiz jamoamiz yoshlari uchun ajoyib bir maktab bo‘lib qolmoqda. Ular Sizdek o‘z ishiga fidoyi inson bilan ishlashni o‘zlariga faxr deb biladilar. Ularning eng mushkul damlarda ham Sizdek qattiqqo‘l va ayni chog‘da mehribon murabbiyga suyanishi bankimiz muvaffaqiyatini taʼminlayotgan omillardan biridir.

Mana shunday ajoyib damlarda, hurmatli Furqat Irkinovich, Sizga chin yurakdan ezgu maqsadlaringizga erishishda yangi-yangi muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, yaxshi kayfiyat va xonadoningizga farovonlik tilaymiz! Hayot yo‘lingizda muvaffaqiyat sizga hamisha yo‘ldosh bo‘lsin! Boshlagan ishlaringiz ro‘yobini ko‘rish nasib etib yursin. Oilangiz va yaqinlaringiz mehr-muhabbati, eʼzozi ila uzoq va baxtli hayot kechirishingizni tilaymiz.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1645
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech