Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Birja savdolari ishtirokchilari va brokerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yangilangan sana: 25 May 2023, 15:56
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Birja savdolari ishtirokchilari va brokerlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
25 May 2023

2023-yil 23-24-may kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi savdolari sotuvchilari va xaridorlari hamda brokerlar uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maʼlumot berish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

2.jpg

Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Bosh ofislarining rahbar xodimlari, filiallar mutasaddilari, birja savdolari ishtirokchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar hamda brokerlar ishtirok etdi.

3.jpg

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi orqali tovar va xizmatlar oldi-sotdisi, eksport va importi hamda davlat xaridlari savdolarida ishtirok etuvchi yirik korxona va tashkilotlar hamda brokerlar uchun milliy va xorijiy valyutadagi joriy etilgan UzEX tarif rejalari joriy etilgani haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanganidek, ushbu tarif rejasida bank xizmatlari hisob-kassa operatsiyalari, masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish va korporativ plastik karta xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar mavjud.

4.jpg

Bundan tashqari, tadbirkorlarning birja savdolarining aylanma kapitali uchun kreditlar, avtokredit hamda chakana kredit mahsulotlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Qolaversa, korxona va tashkilotlarning Birja savdolari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulaylikligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish qoidalari tushuntirildi.

5.jpg

Shuningdek, Birja savdolari tadbirkorlari va brokerlarni qiziqtirgan savollarga  “Trastbank” masʼullari tomonidan atroflicha javob berildi.

6.jpg

7.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 365
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech