Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

2018 yilning III choragida iqtisodiyotning real sektoridagi holat va kutilmalarni o‘rganish natijalari

Yangilangan sana: 30 Oktabr 2018, 11:50
2018 yilning III choragida iqtisodiyotning real sektoridagi holat va kutilmalarni o‘rganish natijalari
30 Okt 2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joriy yilning III choragi yakuni bo‘yicha real sektor korxonalari bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalari, umuman olganda mazkur chorak davomida mamlakatda iqtisodiy faollik darajasining II chorakka nisbatan oshganligini hamda iqtisodiy kutilmalarning yaxshilanganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, mazkur chorakda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmining hamda eksport hajmining real hisobda oshganligini ma’lum qilgan respondent korxona va tashkilotlarning ulushi II chorakka nisbatan oshgan.

Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha mahsulotlar (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish real hajmining hamda eksport hajmining 2017 yilga nisbatan o‘sishini prognoz qilayotgan korxona va tashkilotlar ulushi ham avvalgi chorakka nisbatan ko‘paygan.

Ushbu natijalar bilan bir qatorda, so‘rov davomida iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarishning yanada yuqori sur’atlarda o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarning saqlanib qolayotganligi hamda korxona va tashkilotlar moliyaviy-iqtisodiy faoliyatining ayrim ko‘rsatkichlarining nisbatan pasayganligi qayd etilgan.

Xususan III chorakda II chorakka nisbatan:

iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog‘liq xatarlarning (qiyinchiliklar, to‘siqlar, muammolarning) saqlanib qolayotganligini ma’lum qilgan respondentlar ulushining oshganligi;
  • korxona va tashkilotlarning investitsion faolligining mazkur chorakda nisbatan sust darajada shakllanib, investitsiyalarni amalga oshirgan respondentlar ulushining kamayganligi;

  • ish o‘rinlari sonining oshganligini ma’lum qilgan respondentlar ulushining qisqarganligi;

  • o‘z mahsulotlariga (ishlar, xizmatlariga) narxlarni oshirgan korxonalar va tashkilotlar ulushining oshganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minoti borasida holat yaxshilangan bo‘lsada, mazkur muammo ko‘pgina korxona va tashkilotlar uchun dolzarbligicha qolmoqda.

Shu bilan birga, eksport faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillar o‘rganilganda respondentlar tomonidan asosan transport xarajatlarining yuqoriligi, eksport qilish bilan bog‘liq jarayonlarning murakkabligi hamda tashqi bozorlarda korxona mahsulotlariga talab va narx bo‘yicha ma’lumotlarning yetarli emasligi qayd etilgan.

2018 yilning III choragida iqtisodiyotning real sektoridagi holat va kutilmalarni o‘rganish natijalari

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki / Ko'rishlar: 1260
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech