Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  20 Mart 2020, 09:06

20 Mar 2020

Markaziy bank koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida barcha tijorat banklariga:

  • koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng ko‘p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korxonalarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to‘liq va puxta o‘rganish;

  • o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, mijozlarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha 2020 yil 1 oktabriga qadar imtiyozli davr berish hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.

Bunda tijorat banklariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o‘zgartirmaslik huquqi beriladi.

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9554.22
10637.67
11879.72
121.10
10070.85
88.77
Sotib olish
9570.00
10400.00
11600.00
100.00
9700.00
70.00
Sotish
9650.00
10800.00
12100.00
150.00
10180.00
100.00
 
21.48
417.62
871.31
1.11
388.03
3.04
MB kursi - 31.03.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 02.04.2020 09:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech