Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Samarqandda filiallar va BXM xodimlari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi

Yangilangan sana: 31 Oktabr 2022, 10:42
Samarqandda filiallar va BXM xodimlari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi
31 Okt 2022

       “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki nafaqat bosh ofis, balki hududiy filiallar hamda bank xizmatlari markazlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Xususan, bu borada nufuzli ekspertlar ishtirokida bir qator o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

2.jpg

         Yaqinda “Trastbank” XAB O‘quv markazi hamda Chakana biznes departamenti tomonidan Samarqand shahrida moliya muassasasining Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz va Buxoro filiallari chakana biznes bo‘limlari hamda BXM xodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi.

4.jpg

1.jpg

        “Jismoniy shaxslarga mikroqarz berish tartibi hamda ularga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish” mavzusida tashkil etilgan mazkur o‘quv seminarida Chakana bank xizmatlarini sotish boshqarmasi boshlig‘i U.Malikov hamda Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i X.Umarov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.

7.jpg

         Bundan tashqari, tadbir doirasida Bankning O‘quv markazi Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i R.Burxanova va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor J.Shermuxamedova seminar ishtirokchilariga bugungi kunda moliya muassasalarining jamiyatdagi o‘rni, shuningdek, har bir bank xodimining mijozlar bilan ishlashida ahamiyat qaratishi zarur bo‘lgan jihatlarga doir o‘z tavsiyalarini berdi. Qolaversa, amaliy mashg‘ulotlar orqali tushunchalar berildi.

5.jpg

       Shuningdek, tadbir doirasida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri bo‘ylab ekskursiya ham tashkil etildi.

6.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 461
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech