Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Samarqandda “Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
Samarqandda “Butunjahon jamg‘arish kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tkazildi
23 Okt 2024

 31-oktabr – Butunjahon jamg‘arish kuni munosabati bilan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, “Samarqand” BXO mas’ullari ishtirokida Samarqand shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars bo‘lib o‘tdi.s2 O‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularda mablag‘larni oqilona boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulot davomida jamg‘arishning ahamiyati, jamg‘arish va investitsiyalashning turli usullari, qolaversa, moliyaviy mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq xatarlar haqida so‘z yuritildi.s3 Bundan tashqari, ochiq darsda interaktiv o‘yinlar ham o‘tkazilib, yigit-qizlar moliya va jamg‘armalar haqidagi savollarga javob berishdi. Faol ishtirok etganlarga “Trastbank”ning esdalik sovg‘alari topshirildi.s4#Trastbank  #MoliyaviySavodxonlik #WorldSavingsDay #Globalmoneyweek 

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 211
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech