Bugun, 3-iyul kuni "Jamoat nazorati" telegram kanalida "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki "Farg'ona" BXO tasarrufidagi Marg'ilon shahrida joylashgan bankomat ishlamayotganligi haqida murojaat e'lon qilingan.Shuni ma'lum qilamizki, ushbu holat zudlik bilan o'rganildi va tegishli tartibda chora ko'rildi. Hozirda bankomat to'liq ish rejimiga keltirildi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
525