Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Quyosh panellarini o'rnatish uchun yanada qulay imkoniyatlar

Yangilangan sana: 16 Mart 2023, 17:34
Quyosh panellarini o'rnatish uchun yanada qulay imkoniyatlar
16 Mar 2023

 2023-yil 16-mart kuni “Trastbank” XABda “Proxime Energy” MChJning quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 Ta'kidlanganidek, bugungi kunda qayta tiklanadigan energiya manbalariga bo‘lgan talab ham oshmoqda.

2.jpg

 Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish maqsadida davlatimiz rahbarining 2023 yil 16 fevralda “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

 Mazkur hujjatda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Tadbirda “Proxime Energy” kompaniyasi xodimlari o‘z mahsulotlari – shamolgeneratorlari va quyosh panellari haqida batafsil ma’lumot berib, bank xodimlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.

 Eslatib o‘tamiz, “Trastbank” XAB yuridik va jismoniy shaxslarga energiya tejovchi quyosh panellarini xarid qilish va o‘rnatish uchun kreditlar ajratmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 750
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech