“Trastbank” birja savdolari ishtirokchilari uchun qanday kredit mahsulotlarini taqdim etmoqda? Ularning foiz stavkalari pastmi? Personal menejer xizmati mavjudmi? “O‘xRTXB” AJ brokerlari bo‘lgan jismoniy shaxslarga qulay shartlarda mikroqarz va avtokreditlar beriladimi?
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi savdosi ishtirokchilari va brokerlarining shu kabi savollariga “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari” mavzusida o‘tkazilgan amaliy seminarda batafsil javob berildi.
Seminarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi mas’ullari, birja savdosi ishtirokchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda brokerlar, qolaversa, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Qizg‘in savol-javob tarzida o‘tkazilgan ushbu seminarda birja savdosi bitimlarini maxsus shartlarda kreditlash, personal menejer xizmati, banklararo to‘lovlar o‘tkazish vaqti tugaganidan so‘ng ham pul o‘tkazish imkoniyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Qolaversa, “UzEx” tarif rejalari, biznes va avtokredit hamda chakana kredit mahsulotlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, birja savdolari boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulayligini oshirishga doir ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish tartib-taomillari tushuntirildi.
Shuningdek, birja savdolari ishtirokchilari va brokerlarining bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida qiziqtirgan savollariga “Trastbank” mas’ullari tomonidan atroflicha javob berildi.