Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank tizimida favqulotda vaziyatlarning oldini olish

Yangilangan sana: 21 Noyabr 2019, 17:51
21 Noy 2019

2019 yilning 20 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi PF-5706-sonli “O‘zbekiston Respublikasida favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda favqulotda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini kuchaytirish masalasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda bankning xavfsizlik departamenti bo‘lim boshlig‘i Nasim Tursinov, Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar Boshqarmasi “Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi” boshlig‘i -leytenat Anvar Rustamov, markaz o‘qituvchisi Sherzod Maqsudov hamda Bosh bank va Amaliyot boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.

DSCN8209.JPG

- Ma’lumki, tabiiy ofat, bu –muayyan hududda sodir bo‘lib, vayrona kuch bilan katta maydonlarga zarar yetkazadigan, aholining me’yoriy hayot faoliyati va shart-sharoitini izdan chiqaradigan, moddiy boyliklarini yo‘q bo‘lishiga olib keladigan tabiat xodisasidir, - deydi Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar Boshqarmasi “Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi” boshlig‘i - leytenat Anvar Rustamov.

Tabiiy ofatlarga kuchli zilzila, kuchli shamol,dovul,halokatli sel oqimi, suv toshqini, yer ko‘chkisi va o‘pirilishlari kiradi. Yer qimirlashi bu eng qo‘rqinchli va inshootlarni vayron qiluvchi tabiat hodisasi hisoblanadi. U yer sharining seysmik faol qismida vujudga keladi. Zilzila vaqtida har qanday odam sarosimiga tushib, o‘zini-o‘zi boshqara olmay qolishi turgan gap. Ko‘pchiligimiz bunday hollarda nima qilishni, zilzila vaqtida qanday qilib jon saqlashimiz mumkinligini bilmaymiz ham. Eng muhimi har qanday vaziyatda ham inson o‘zini ongli ravishda boshqara olishi, og‘ir va vazmin bo‘lishi lozim, - deya so‘zini yakunladi Anvar Rustamov.

DSCN8228.JPG

Tadbirda bu borada bank xodimlarining bilim saviyasi o‘rganilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Yer qimirlaganda aholini muhofaza qilish qoidalariga e’tiborsiz va beparvo bo‘lish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar aniq misollarda ko‘rsatildi. Shuningdek, zilzila vaqtida to‘g‘ri va tezkor xarakatlanish tayyorgarligini oshirish borasida tayyorlangan slayd va roliklar xodimlar e’tiboriga havola etildi.

DSCN8212.JPG

Tadbirning bu kabi interfaol usulda tashkil etilishi bank xodimlarining favqulotda vaziyatlarda to‘g‘ri xarakatlanishlari, fuqaro muhofazasiga oid bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, qolaversa favqulotda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri xarakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish tajribasini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. 

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 737
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech