Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
OPIC vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
19 Nov 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyati va AQShning Xususiy xorij investitsiyalari korporatsiyasining (Overseas Private Investment Corporation – OPIC) xalqaro hamda kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalash bo‘yicha direktori Tara Bleyk bilan o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu korporatsiya amerika investitsiyasini ilgari surgan holda rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish bilan bir qatorda korxonalarga sug‘urta, moliya va boshqa xizmatlarni taqdim etadi. 1971 yilda tashkil etilgan OPIC korporatsiyasi bugungi kunda dunyoning 140 ga yaqin mamlakatlarida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirgan. Faoliyat jug‘rofiyasi- iqtisodiy o‘tish davridagi mamlakatlar va rivojlanayotgan davlatlardir.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro yangi qo‘shma korxonalarni tashkil etish, xususiylashtirish, mavjud korxonalarni kengaytirish yoki modernizatsiya qilish uchun ta’minlanishi mumkin bo‘lgan hamkorlik va moliyalashtirish masalalariga alohida to‘xtaldilar. Yangi qo‘shma korxonalarni moliyalashtirish uchun OPIC ulushi investitsiya loyihasi qiymatining 50 foizidan oshmasligi, muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish esa 75 foizdan oshmasligi lozim.

OPICning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlari Amerika kichik korxonalari va kooperativlari ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga ajratiladi. Shuningdek, OPIC kafolat taqdim etiladigan loyihalarni moliyalashtirishning tashqi manbaalarini izlashga ham yordam berishi mumkin. Bunda kafolat faqat qarz oluvchilarning AQSh moliya institutlari oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun beriladi.

Uchrashuv so‘nggida OPIC va Trastbank o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 55

Boshqa yangiliklar:

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9537.55
10545.67
12527.57
149.88
9631.94
87.83
Sotib olish
9500.00
10100.00
12000.00
100.00
9100.00
70.00
Sotish
9550.00
10600.00
12700.00
160.00
9700.00
100.00
 
26.56
69.31
227.01
2.09
119.05
0.98
10.12.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech