Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  14 Fevral 2020, 10:43

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki delegatsiyasining  Islom taraqqiyot bankiga tashrifi
14 Feb 2020

Joriy yilning 13 fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya Islom Taraqqiyot bankining (Jidda shahriga) Bosh ofisiga tashrif buyurdi.

Tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 maydagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan Islom taraqqiyot banki guruhining moliyaviy institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi muhim yo‘nalish bo‘ldi.

photo_2020-02-13_19-49-49.jpg

“Trastbank” va Islom taraqqiyot banki guruhi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari 2018 yilda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 7 000 000 AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini ajratish to‘g‘risidagi ikki tomonlama Bitim imzolanishi bilan boshlangan.

2019 yilda Islom taraqqiyot bankining yana bir bo‘limi - Xalqaro savdo va moliya Islom korporatsiyasi bilan 4 000 000 AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi bo‘yicha yangi shartnoma kuchga kirdi. Bugungi kunga kelib ikkala liniya ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgan.

photo_2020-02-13_19-50-31.jpg

Ajratilgan liniyalar hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi bir qator investitsiya loyihalari, shu jumladan kabel ishlab chiqarish, elektron qismlarni ishlab chiqarish, qurilish va maishiy texnika ishlab chiqarish sohalari moliyalashtirildi.

photo_2020-02-13_19-50-17.jpg

Muzokaralar davomida tomonlar o‘tgan yildagi qo‘shma faoliyat natijalarini sarhisob qilib, 2020 yilda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratish istiqbollari, shuningdek yaqin kelajakda islomiy moliyalashtirishning yangi vositalarini joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 63

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9526.28
10329.35
12354.63
148.82
9740.57
85.38
Sotib olish
9510.00
10230.00
12000.00
130.00
9600.00
70.00
Sotish
9560.00
10550.00
12450.00
170.00
9900.00
100.00
 
-2.21
10.00
-76.24
-1.25
37.42
-1.45
MB kursi - 25.02.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 11.02.2020 11:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech