Joriy yilning 5 yanvar kuni КорпИнфо telegram kanalida “Трастбанк уже не владеет долей в УзРТСБ?!” sarlavhasi bilan axborot e’lon qilingan.
Mazkur ma’lumot Bankning rasmiy veb sayti (www.trustbank.uz) va O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligining rasmiy veb-sayti sahifasidagi Korporativ axborot yagona portaliga (www.openinfo.uz) joylashtirilgan 36-sonli muhim faktning (Bankning affillangan shaxslari ro‘yxati) noto‘g‘ri talqin etilishi orqali yuz bergan.
2020 yilning 30 dekabrida Bankka tegishli “O‘zRTXB” AJ aksiyalarining bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zga shaxsga o‘tkazilgan. Mazkur o‘tkazilish amalga oshirilganidan so‘ng Bankka tegishli “O‘zRTXB” AJ aksiyalari paketi 20 foizdan kam ulushni tashkil etib, bu holat 36-sonli muhim faktning “Affillangan shaxslar ro‘yxati”dagi o‘zgarishlar e’lon qilish majburiyatini keltirib chiqargan. Bank tomonidan mazkur muhim fakt belgilangan muddat va tartibda e’lon qilingan.
Shuni ma’lum qilamizki, bugungi kunda Bankka tegishli “O‘zRTXB” AJ aksiyalari paketi 20 foizdan kam miqdorni tashkil etgani sababli affillangan shaxslar ro‘yxatida aks ettirilmagan.