Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisining yoshlar bilan uchrashuvi

Yangilangan sana: 4 Fevral 2020, 15:21
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisining yoshlar bilan uchrashuvi
4 Fev 2020

Kelajak egalari bo‘lgan yoshlar bilan muloqot qilish, ularning qiziqish, intilish va o‘ylantirib kelayotgan muammolarini chuqur o‘rganish bugun har bir rahbar oldida turgan asosiy vazifadir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 27 dekabrida yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida, yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishligini alohida ta’kidlagan.

IMG_1697.jpg

Mazkur uchrashuvda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 3 fevral kuni «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiBoshqaruvi Raisi Sardor Normuhamedov vabank tizimida faoliyat yuritayotgan 40 nafar yosh xodimlarishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

IMG_1694.jpg

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda bankning yosh xodimlari bank tizimida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida tayyorlagan o‘z taqdimotlarida sohani rivojlantirish va mehnat samaradorligini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib, bu borada mavjud muammolar, ularning yechimiborasida o‘zlarining takliflarini berdilar.

Tadbir davomida yoshlarning bank sohasida malaka va bilimlarini oshirish maqsadida doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etish, seminar-treninglarda ular ishtirokini ta’minlash, Bank moliya akademiyasidayoshlarning bilim va malakasini oshirish orqali katta natijalarga erishish mumkinligi haqida so‘z bordi.

IMG_1674.jpg

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozim, bugungi kunda «Trastbank» Bosh ofisi va uning filiallarida jami 1200 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ulardan 505 nafari yoki 42 foizi yoshlarni tashkil qilib, 30 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar soni esa 373 nafarni tashkil etadi.

IMG_1651.jpg

Qayd etish joizki, “Trastbank” bugungi kunda yoshlarning bilim olishi va ularning malakasini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2019 yilning 1 oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2019 yilning 1 noyabrida Toshkent moliya instituti bilan “O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandum imzolangan. Oliy o‘quv yurtlari bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik natijasida bugungi kunda bankning 64 nafar o‘rta-maxsus ma’lumotga ega mutaxassislari birinchi mutaxassislik bo‘yicha maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishigava22 nafar nobazaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lganbank mutaxassislari oliy iqtisodiy ma’lumot bo‘yicha ikkinchi yo‘nalishni egallash maqsadidaToshkent moliya institutiga, 6 nafar rahbar xodimlar Bank-moliya akademiyasiga o‘qishga qabul qilingan.Shuningdek, bank tomonidan Oliy o‘quv yurtining60 nafar talabalarini bankda amaliyot o‘tashlari uchun sharoitlar yaratib, stajyorlikka qabul qilingan.Bugungi kunda shulardan 22 nafari stajirovka yakuni bo‘yicha Bankning Bosh ofisi hamda filiallariga ishga qabul qilingan.Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyot sohasi uchun raqobatbardosh va yuqori malakali bank sohasi kadrlarini tayyorlash imkonini yaratadi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yosh avlod vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1206
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech