Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

G‘oliblik muborak!

Yangilangan sana: 6 Dekabr 2019, 14:49
G‘oliblik muborak!
4 Dek 2019

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi sport majmuasida sportning mini futbol, shaxmat, shashka, badminton, arqon tortish va milliy kamonchilik sport turlari bo‘yicha “Oilaviy spartakiada” o‘yinlari o‘tkazildi.

Spartakiada musobaqalarida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining shaxmat va futbol jamoalari vakillari ham ishtirok etdilar.

photo_2019-12-04_12-42-54.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xodimlarining eng muhim qadriyatlaridan biri bu - “Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik kafolati” hisoblanadi. Sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy ravishda o‘tkazilishi an’anaga aylangan spartakiada o‘yinlari nafaqat bank xodimlari va ularning oila a’zolari, umuman jamiyat uchun sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

photo_2019-12-04_12-43-01.jpg

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, “Trastbank”ning moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini tadbiq etish boshqarmasi boshlig‘i Saidmuxtor Fayzullayev sportning shaxmat turi bo‘yicha II-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bankning futbol jamoasi sportning mini-futbol musobaqasida o‘tgan murosasiz o‘yin natijalariga ko‘ra faxrli II-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Sportchi jamoalarimiz O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sport musobaqalarida ishtirok etgan hamkasblarimizni butun Trastbank jamoasi nomidan muborakbod etamiz va bundanda ulkan marralarni zabt etishlarini tilaymiz! Qo‘lga kiritilgan umum g‘alabamiz bilan faxrlanamiz! G‘oliblik muborak “Trastbank”!

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 551
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech