Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Joylarda yangi tasdiqlangan Qonunlar mazmun-mohiyati o‘rganilmoqda

Yangilangan sana: 4 Dekabr 2019, 11:31
Joylarda yangi tasdiqlangan Qonunlar mazmun-mohiyati o‘rganilmoqda
3 Dek 2019

Joriy yilning 25-30 noyabr kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2019 yil 16 noyabrdagi 28-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimi to‘g‘risida”gi, “Markaziy bank to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi Qonunlari mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Bosh Bank, Amaliyot boshqarmasi va barcha filiallar xodimlariga o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlarni o‘tkazish uchun bank yetakchi mutaxassislaridan iborat 2 ta ishchi guruh tuzilib, birinchi guruh Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida, ikkinchi guruh Termez, Qarshi, Samarqand va Jizzax viloyatlarida o‘quv-seminarlari tashkil etdi.

O‘quv-seminarlar Markaziy bankning viloyat Bosh boshqarmasining yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etildi.Seminarlar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otish bilan birga, sermazmun va jonli tarzda tashkillashtirildi.

Shu bilan birga, sog‘lom bank faoliyatini amalga oshirish uchun birinchi navbatda yangi qonunlarning mohiyatini diqqat bilan o‘rganib, bank xodimlarining bilim darajasini muntazam ravishda oshirib borish zarurligi ta’kidlandi. 

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 415
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech