Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank mehnat yarmarkasida ishtirok etdi

Yangilangan sana: 7 Fevral 2020, 11:40
Trastbank mehnat yarmarkasida ishtirok etdi
7 Fev 2020

Kuni kecha Poytaxtimizning so‘lim go‘shasi bo‘lmish “Yoshlar ijodiyot saroyi”da “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Aholini ayniqsa yosh avlodni ish bilan ta’minlash bu ertangi kunga qo‘yilgan qadamdir. Xususan, ertamiz kelajagi bo‘lmish yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarning mushkulini oson qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki vakillari ham mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘lmish yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatini yaratish va ularning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Yarmarkaga tashrif buyurgan yoshlar “Trastbank” vakillaridan o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 896
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech