Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  31 Yanvar 2020, 09:07

Soliq tizimidagi yangi o‘zgarishlar
30 Jan 2020

Ma’lumki, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash demokratik huquqiy davlat barpo etishning bosh mezoni bo‘lib kelmoqda. Xususan, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir.

Joriy yilning 27-28 yanvar kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisida “Soliq tizimidagi yangi o‘zgarishlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda bankning barcha filiallari hisobchilari, mas’ul xodimlari hamda bank mijozlari ishtirok etdi.

“Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi”ning Soliq maslahatchisi Zoya Tuchkova seminar ishtirokchilarini yangi qabul qilingan Soliq kodeksidagi bank sohasiga tegishli bo‘lim va moddalari bilan yaqindan tanishtirish bilan birga, Soliq tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Seminar ishtirokchilaridan biri, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamentining amaliyotlar monitoringi va hisobotlar bo‘limi bosh mutaxassisi Sanjar Xakimov o‘z sharhida shunday dedi: “Soliq kodeksining yangi tahririda bank sohasiga taalluqli kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarni ko‘rib chiqishimiz uchun seminarning tashkil etilgani foydali bo‘ldi. Soliq kodeksining yangi tahririda soliq qonunchiligining maksimal darajada soddalashtirilganligi, soliq to‘lovchilarning huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kuchaytirilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, soliq nazorati shakllari va mexanizmlari takomillashtirilib, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasida bitimlar tuzishda transfert narxlanish bilan bog‘liq operatsiyalarning soliqqa tortish uslublarini amalga oshirish tartibi haqida tushuncha berildi.

Hammamizga ma’lumki, ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli “Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, uni tayyorlash jarayonida bevosita soliq sohasi mutaxassislari, jumladan Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa xorijiy tashkilotlar ekspertlari ishtirok etgan.

Albatta, fursatdan foydalanib seminar-trening tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu kabi seminarlarni davomiy o‘tkazilishi o‘z ustimizda ishlashga va bilimlarimizni yanada mustahkamlashimizga yordam beradi.

Seminarning yana bir afzalligi, shubhasiz, barcha filiallardan tashrif buyurgan hamkasblarimiz bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, seminar-trening davomida soliq sohasidagi qiziqarli va foydali mavzularni muhokama qildik,- dedi Sanjar Xakimov.

Tadbir davomida qatnashuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob olishdi. Ochiq muloqot, munozara va muhokamalar tarzida o‘tkazilgan seminar-trening ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi. Ikki kunga mo‘ljallangan tadbirda “Trastbank” xodimlari yangi qabul qilingan Soliq kodeksidan o‘z faoliyatida zarur bo‘ladigan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 68

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9526.28
10329.35
12354.63
148.82
9740.57
85.38
Sotib olish
9510.00
10230.00
12000.00
130.00
9600.00
70.00
Sotish
9560.00
10550.00
12450.00
170.00
9900.00
100.00
 
-2.21
10.00
-76.24
-1.25
37.42
-1.45
MB kursi - 25.02.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 11.02.2020 11:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech