Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  29 Iyul 2020, 11:34

Bank xizmatlari aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida
28 Jul 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining 70 foizini nodavlat kompaniyalar va firmalar, ya’ni xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etadi.

26 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kapitali yetarliligi, moliyaviy faoliyati ko‘lamiga ko‘ra, barqaror ravishda o‘rtacha banklar guruhiga kiradi. Bugungi kunda bank moliyaviy xizmatlar bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkam tutib turibdi.

Bank o‘z mijozlariga zarur xizmatlarning qariyb butun to‘plamini, shu jumladan, hisob-kitob-kassa xizmati ko‘rsatish, pul mablag‘larini saqlash, milliy va xorijiy valyutada kreditlar berish xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Bank muvaffaqiyatining asosiy omillari uning iqtisodiy barqarorligi va salohiyatli ishbilarmonlar doirasiga egaligi, filiallar sonining 11 taga yetgani va 75 ta bank xizmatlari markazlarining tezkor ishlashidir.

Bank mijozlari soni yil sayin ortib bormoqda. Aksiyadorlar “Trastbank”ka ishonadilar va uni qo‘llab-quvvatlaydilar, bank esa mijozlar mablag‘larini ishonchli saqlash va ko‘paytirishni o‘z burchi, deb biladi.

Prezident Sh.Mirziyoevning “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida mijozlarga zamonaviy chakana xizmatlar turlarini kengaytirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Ma’lumki, bugungi kunda uyali aloqa telefonlari odamlarning bevosita yordamchisiga aylangan, binobarin, bank smartfonlar orqali turli xil to‘lovlar, internet xaridlarni amalga oshirish, onlayn bank xizmatlarini keng joriy etmoqda.

Bugun “Trastbank” mijozlari ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda onlayn mikroqarz va onlayn omonatlar xizmatidan foydalanmoqda. Hozirgi sharoitda mijoz o‘z ofisidan chiqmasdan turib, bankning “TrustPay” mobil ilovasi yordamida omonatga mablag‘ joylashtirishi yoki yirik hajmdagi to‘lovni amalga oshirish jarayonida mablag‘i yetmay qolsa, 5 mln. so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kredit rasmiylashtira oladi.

“Trastbank” shu yilning boshidan boshlab, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “Anor” tezkor tizimida foydalanishni yo‘lga qo‘ygan mamlakatimizdagi to‘rtta bankdan biridir. 24/7 real vaqt rejimida ishlaydigan ushbu tizimdan mijozlar tunu kun, dam olish va bayram kunlarida uzulishlarsiz foydalanib kelmoqda.

Bundan tashqari, bankda yagona mijozlar bazasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borildi hamda jismoniy shaxslar kartalarini seriya va pasport raqamlari bo‘yicha avtomatik ravishda to‘ldirish uchun Markaziy bank bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatildi. Mazkur dastur joriy etilishi bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqardi.

Bankning TrustPay mobil ilovasi imkoniyatlari yanada kengaytirildi: to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida QR-koddan foydalanish mexanizmlari qo‘shildi. Shu bilan birga, mijozlarga bolalar bog‘chalari, maktab, shirkatlar va boshqa turdagi bank hisob raqamlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Bugungi kunda mijoz TrustPay mobil ilovasi orqali valyuta konvertatsiyasini “Sotish va sotib olish” amaliyotini amalga oshirishlari mumkin.

Bankning zamonaviy chakana xizmat turlaridan biri – xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi hisoblanadi. Bugungi pandemiya sharoitida aholi salomatligini asrash va bankka tashrif buyuruvchilar sonini qisqartirish, jismoniy shaxslarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Trastbank” Western Union, Contact, Unistream, Moneygram kabi xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushadigan pullarni masofadan turib, TrustPay mobil ilovasi yordamida qabul qilib olish mexanizmini joriy etdi. Bugungi kunda mijoz qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, chet mamlakatlardan jo‘natilgan pullarini bank filiallariga tashrif buyurmasdan milliy valyutada qabul qilib oladi.

Bank yana bir dolzarb masalaga yechim topdi. Bilasiz, plastik kartangiz blok holatiga tushib qolsa, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan albatta bank ofisiga tashrif buyurishingizga to‘g‘ri kelardi. Endlikda mijoz o‘z smartfoni yordamida bloklanib qolgan kartasini mustaqil ravishda TrustPay mobil ilovasining “blokdan yechish” xizmati orqali blokdan chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayni vaqtda, mijoz bank plastik kartasini yo‘qotib qo‘ygan holatlarda plastik kartasini blokka qo‘yishi mumkin.

Bundan tashqari, mijozlarga maksimal qulaylik yaratish maqsadida bankning rasmiy veb sahifasi www.trustbank.uz orqali masofadan turib, milliy va xorijiy valyutadagi plastik kartalarni ochish hamda mijozga yetkazib berish xizmati ham mijozlar tahsiniga sazovor bo‘lmoqda.

Qisqasini aytganda, “Trastbank” ning o‘z mijozlariga yaratayotgan bunday zamonaviy, qulay, hamda tezkor xizmatlari uning yanada taraqqiy etishiga va mavqeining tobora mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 54

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10209.86
12021.09
13362.66
137.46
11186.44
96.43
Sotib olish
10180.00
11500.00
12500.00
100.00
10500.00
70.00
Sotish
10250.00
12500.00
13500.00
160.00
11500.00
110.00
 
2.17
125.05
308.05
-4.91
98.36
0.24
MB kursi - 04.08.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 04.08.2020 09:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech